Kuvayt OAV O'zbekiston parlamenti saylovining dastlabki natijalari haqida
Kuvayt OAV O'zbekiston parlamenti saylovining dastlabki natijalari haqida
AL-KUVAYT, 30-oktabr. /"Dunyo" AA/. Kuvaytning "Q8 Press" elektron nashrida O'zbekiston parlamenti sayloviga bag'ishlangan maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Saylovda beshta siyosiy partiyalar orqali 375 nafar nomzod ishtirok etdi, 500 nafar nomzod saylov okruglari darajasida ro'yxatga olindi. Bunda ayol nomzodlar ulushi 44,7 foiga yetdi, bu esa eng yuqori ko'rsatkichdir, deb ta'kidlangan materilda.
"Markaziy saylov komissiyasi e'lon qilgan dastlabki natijalarga ko'ra, O'zbekistondagi hukmron partiya saylovda 5,1 million ovoz yoki 26 foiz ovoz to'pladi va parlamentdagi jami 150 o'rindan 64 ta o'rinni qo'lga kiritdi", – deyilgan maqolada.
Nashrda qayd etilganidek, "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi — 2 million 812 ming 493 ta ovoz bilan 14 deputatlik o'rni, O'zbekiston Ekologik partiyasi — 1 million 960 ming 764 ta ovoz bilan 10 ta deputatlik o'rni, Xalq demokratik partiyasi — 2 million 558 ming 16 ta ovoz bilan 13 ta deputatlik o'rni, "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi — 2 million 420 ming 857 ta ovoz bilan 12 ta deputatlik o'rniga ega bo'ldi.
Elektron nashr, shuningdek, O'zbekiston hukumati 50 mamlakat va 21 mintaqaviy va xalqaro tashkilotlardan 851 nafar kuzatuvchi, shuningdek, siyosiy partiyalardan 55 ming nafar kuzatuvchini taklif qilganini ma'lum qilgan.