O'zbekistonda inson huquq va erkinliklarini ta'minlash bo'yicha tizimli islohotlar Kuvayt OAV nigohida
O'zbekistonda inson huquq va erkinliklarini ta'minlash bo'yicha tizimli islohotlar Kuvayt OAV nigohida
AL-KUVAYT, 8-noyabr. /"Dunyo" AA/. Kuvaytning "Al-Jarida" gazetasida "Yangi O'zbekistonda Konstitutsiya va adolat tamoyillari" sarlavhali maqola chop etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Nashrda O'zbekistonda inson huquq va erkinliklari ustuvorligi, inson hayoti va qadr-qimmati oliy qadriyat ekanligi ta'kidlangan.
Xususan, O'zbekiston Konstitutsiyasida bu tamoyillar davlat boshqaruvi va huquqiy asoslari uchun asos bo'lib, adolat davlat asosi ekanligi, buning uchun nafaqat fuqarolarning huquqlarini himoya qiladigan, balki yuqori kasbiy mahorat, axloqiy me'yorlarni, odob-axloq qoidalarini ta'minlaydigan sud hokimiyati bo'lishi zarurligi qayd etilgan. Bu boshqa davlat institutlaridan mustaqil bo'lgan organ jamiyat barqarorligi va shaxslarni himoya qilish uchun zarurdir. Chunki sudlar fuqarolik, jinoiy, iqtisodiy va ma'muriy sohalarda qonunlarni qo'llashda katta rol o'ynaydi.
2017-2021 yillarda O'zbekistonda beshta ustuvor yo'nalish: inson huquqlari, davlat organlarining mas'uliyati va ochiqligini oshirish, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari, jamoat birlashmalarining rolini o'z ichiga olgan islohotlar amalga oshirildi.
O'zbekiston Prezidentining "Sudyalarning chinakam mustaqilligini ta'minlash hamda sud tizimida korrupsiyaning oldini olish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmonining qabul qilinishi natijasida mamlakatda bu boradagi ishlar yangi bosqichga ko'tarildi.
Maqola yakunida "O'zbekiston so'nggi yillarda sudyalar mas'uliyatini oshirish, aholining sud-huquq tizimiga ishonchini oshirish borasida katta yutuqlarga erishildi", – deb yozilgan.