Kuvayt OAV: 18-19-noyabr kunlari Buxoro va Sirdaryoda Kuvayt-O'zbekiston biznes-forumi bo'lib o'tadi
Kuvayt OAV: 18-19-noyabr kunlari Buxoro va Sirdaryoda Kuvayt-O'zbekiston biznes-forumi bo'lib o'tadi
AL-KUVAYT, 9-noyabr. /"Dunyo" AA/. Kuvaytning "Al-Jarida", "Al-Ray" va "Q8 Press" gazetalarida "Buxoro va Sirdaryoda Kuvayt-O'zbekiston biznes-forumi bo'lib o'tadi" sarlavhali maqolalar chop etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
O'zbekistonning Kuvaytdagi elchisi Ayubxon Yunusov intervyusi asosida tayyorlangan maqolalarda joriy yil 18-19-noyabr kunlari Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida O'zbekiston-Kuvayt biznes-forumi bo'lib o'tishi ma'lum qilingan.
"Elchi Ayubxon Yunusovning aytishicha, joriy yilning oktyabr oyida bo'lib o'tgan birinchi O'zbekiston-Kuvayt biznes-forumi muvaffaqiyatli o'tkazildi. Navbatdagi forumga ham ko'plab kuvaytlik investorlar qiziqish bildirmoqda. Tashrif davomida O'zbekiston hududlariga, xususan Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida yaratilgan biznes muhit bilan hamda madaniy-tarixiy obyektlar bilan tanish imkoniyati mavjud", – deyilgan nashrda.
Maqolalar O'zbekiston diplomatik vakolatxonasi rahbarining qo'yidagi so'zlari bilan yakunlangan: "Siz hech ikkilanmay O'zbekistonga safar qiling. Biz yuqori darajadagi uchrashuvlarni tashkil etishdan tashqari, sanoat va savdo korxonalari, bozorlarga tashriflarni tashkil qilamiz. Shuningdek, ikki davlat ishbilarmonlari o'rtasida B2B shaklidagi muzokaralar uyushtiriladi".