Yangi davrda Yangi O‘zbekiston yanada yuksak taraqqiyot cho‘qqilarini zabt etadi
Yangi davrda Yangi O‘zbekiston yanada yuksak taraqqiyot cho‘qqilarini zabt etadi
Davlatimiz rahbari Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida yangi davr Yangi O‘zbekistonimiz jadal rivojlanadigan, yanada yuksak taraqqiyot cho‘qqilarini zabt etadigan davr bo‘lishiga ishonch bildirdi.
– Bu davr parlament va Hukumat faoliyatida yangicha ishlash, xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilish bo‘yicha ibratli an’analar shakllanadigan va tarixga muhrlanadigan davr bo‘ladi. Kelajak avlodlar albatta faxr bilan tilga oladigan ana shunday buyuk tarix va kelajakni yaratish bizning o‘z qo‘limizda, – dedi Prezident.
Prezident keyingi uch kun mobaynida Oliy Majlis a’zolari, keng jamoatchilik bilan mamlakatimizning bugungi va ertangi taraqqiyoti haqida atroflicha fikr almashilganiga e’tibor qaratdi.
– 2024 yilda – “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da bajargan ishlarimizga yakun yasadik. Parlamentimizda – “Xalq uyi”da deputatlar bilan muhokama qilingan barcha tashabbus va rejalarni, ularda ilgari surilgan g‘oya, maqsad va vazifalarni, mohiyat e’tiboriga ko‘ra, Oliy Majlis va xalqimizga navbatdagi Murojaatnoma desam, o‘ylaymanki, sizlar ham bu fikrga qo‘shilasiz. Siz, hurmatli deputatlar va Hukumatimiz a’zolari, kattayu kichik barcha rahbarlar mana shu Murojaatnomada belgilab berilgan ulkan vazifalarni amalga oshirishda fidoyilik va namuna ko‘rsatib mehnat qilasizlar, deb ishonaman, – dedi Prezident so‘zining yakunida.
Uchrashuvdan so‘ng sarmoyadorlar hududlarga chiqib, tumanning imkoniyatlari bilan tanishdi. Jumladan, tuman markazidagi bo‘sh turgan bino o‘rnida ko‘p qavatli turarjoy hamda xizmat ko‘rsatish kompleksi barpo etish, tibbiyot birlashmasi hududida davlat- xususiy sherikchilik asosida tibbiy xizmatlarni tashkil etish hamda qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha fikrlashildi.
–Quvaytlik investorlar tuman tibbiyot birlashmasiga ham tashrif buyurib, aholining salomatligini saqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarimiz bilan yaqindan tanishib, kelgusida kasalliklarni erta bosqichlarda aniqlash bo‘yicha davlat- xususiy sheriklik asosida zamonaviy, tibbiy laboratoriya xizmatini yo‘lga quyish yuzasidan o‘z takliflarini berdi,–deydi tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Akromjon Azizqulov.–O‘ylab qaralganda, ushbu xizmat boyovutliklar uchun kerak. Bu esa, tibbiy xizmat ko‘rsatishning yanada rivojlanishiga, 100 dan ortiq kasallikka erta bosqichlarda tashxis quyish imkonini beradi.
Boyovutga quvaytlik investorlarining tashrifi kelgusida xorijiy investorlar ishtirokidagi korxona va tashkilotlarni ishga tushirishga, eksportga yo‘naltirilayotgan mahsulotlar turining ko‘payishiga yo‘l ochadi, albatta.