O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Kuvayt moliya vaziri, iqtisodiy ishlar va investitsiyalar bo'yicha davlat vaziri bilan uchrashdi
O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Kuvayt moliya vaziri, iqtisodiy ishlar va investitsiyalar bo'yicha davlat vaziri bilan uchrashdi
TOSHKENT, 21-noyabr. /"Dunyo" AA/. Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun mamlakatimizga tashrif buyurgan Kuvayt moliya vaziri, iqtisodiy ishlar va investitsiyalar bo'yicha davlat vaziri Nura Sulaymon Al-Fassom bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
"Bugun TIVda Kuvayt moliya vaziri, iqtisodiy ishlar va investitsiyalar bo'yicha davlat vaziri Nura Sulaymon Al-Fassom xonimni qutlashdan mamnunmiz, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – O'zbekiston-Kuvayt iqtisodiy aloqalarini faollashtirish, istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirish, yaqin hamkorlikni davom ettirish kabi masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashdik".