O'zbekiston va Kuvayt tashqi ishlar vazirlari telefon orqali ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar

O'zbekiston va Kuvayt tashqi ishlar vazirlari telefon orqali ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar
TOSHKENT, 18-dekabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Kuvayt tashqi ishlar vaziri Abdulla Ali Al-Yahyo bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
"Kuvayt tashqi ishlar vaziri Abdulla Ali al-Yahyo janoblari bilan telefon orqali muloqot qildik, — deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. — 2025-yilga mo'ljallangan kun tartibimiz ikki tomonlama va ko'p tomonlama tadbirlarga boy. O'zbekiston-Kuvayt Tashqi ishlar vazirliklari yangi marralarga erishishda barcha imkoniyatlarini safarbar etadi. O'zbekiston bilan Kuvayt o'rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar, ayniqsa, savdo va investitsiyaviy aloqalar ko'lamini kengaytirishga alohida e'tibor qaratdik".