O'zbekistondan Kuvaytga go'sht va go'sht mahsulotlari eksporti yo'lga qo'yildi

O'zbekistondan Kuvaytga go'sht va go'sht mahsulotlari eksporti yo'lga qo'yildi
AL-KUVAYT, 31-dekabr. /"Dunyo" AA/. Kecha "Jazeera Airways" aviakompaniyasi orqali O'zbekistondan "Fadl" brendi ostidagi parranda va mol go'shti mahsulotlarining Kuvaytga ilk eksporti boshlandi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
O'zbekiston elchixonasi ma'lumotiga ko'ra, joriy yil 15-16-dekabr kunlari Al-Kuvayt shahrida o'tkazilgan "Kuwait International Agro Food Exhibition" ko'rgazmasidagi O'zbekiston pavilyonida mamlakatimizdagi "JN Distrubition" kompaniyasining "Fadl" brendi ostidagi go'sht va parranda go'shti mahsulotlari hamda konservalangan palov va halim milliy taomlari namoyish etilgan edi.
Natijada O'zbekistonning "JN Distrubition" va Kuvaytning "High Concorde Company for General Trading & Contracting" kompaniyalari o'rtasida go'sht mahsulotlarini Kuvaytga eksport qilish bo'yicha shartnoma imzolandi.