O'zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Abu-Dabiga keldi
O'zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Abu-Dabiga keldi
TOSHKENT, 13-yanvar. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayonning taklifiga binoan bugun rasmiy tashrif bilan BAAga keldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, Abu-Dabi xalqaro aeroportida O'zbekiston yetakchisini BAA Vitse-prezidenti Shayx Mansur Ol Nahayon va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi, ikki mamlakat davlat bayroqlari ko'tarildi.
Tashrif dasturiga muvofiq 14-yanvar kuni O'zbekiston Prezidenti "Abu-Dabi barqaror rivojlanish haftaligi" xalqaro sammitida ishtirok etadi.
BAAning yetakchi tashkilotlari, kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuvlar ham rejalashtirilgan.
15-yanvar kuni oliy darajadagi muzokaralar bo'lib o'tadi.