O'zbekiston yetakchisi BAA Vitse-prezidenti bilan ko'p qirrali sheriklikni yana-da kengaytirish bo'yicha amaliy chora-tadbirlarni muhokama qildi
O'zbekiston yetakchisi BAA Vitse-prezidenti bilan ko'p qirrali sheriklikni yana-da kengaytirish bo'yicha amaliy chora-tadbirlarni muhokama qildi
TOSHKENT, 15-yanvar. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Abu-Dabi shahriga tashrifi doirasida BAA Vitse-prezidenti Shayx Mansur Ol Nahayon bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, ko'p qirrali hamkorlik va ustuvor yo'nalishlardagi amaliy sheriklikni yana-da kengaytirishning dolzarb masalalari ko'rib chiqildi.
Bugun O'zbekiston-BAA munosabatlarini strategik sheriklik darajasiga olib chiqqan oliy darajadagi tarixiy muzokaralar yakunlari mamnuniyat bilan qayd etildi.
Kuni kecha Birlashgan Arab Amirliklarining yetakchi kompaniya va xoldinglari rahbarlari bilan erishilgan kelishuvlar to'liq amalga oshirilishi qo'llab-quvvatlandi.
Uchrashuvda o'zaro savdo va investitsiyalar hajmini yana-da oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Uy-joy va transport infratuzilmasi, energetika, tog'-kon sanoati, shaharsozlik, raqamlashtirish va boshqa sohalarni rivojlantirish bo'yicha kooperatsiya loyihalarini ilgari surish muhimligi qayd etildi.
Sun'iy intellekt borasida, shu jumladan soha mutaxassislarini tayyorlash bo'yicha qo'shma loyiha va dasturlarni amalga oshirish istiqbolli yo'nalish sifatida belgilandi.