O'zbekiston, Turkiya va Ozarbayjon TIV rahbarlari do'stlik, hamkorlik va farovonlik rishtalarini chuqurlashtirishga intilishda hamfikr ekanliklarini tasdiqladilar

O'zbekiston, Turkiya va Ozarbayjon TIV rahbarlari do'stlik, hamkorlik va farovonlik rishtalarini chuqurlashtirishga intilishda hamfikr ekanliklarini tasdiqladilar
TOSHKENT, 29-yanvar. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Anqara shahrida Turkiya va Ozarbayjon tashqi ishlar vazirlari Hakan Fidan va Jeyhun Bayramov bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
"Qadrli hamkasblarim Hakan Fidan janoblari va Jeyhun Bayramov janoblari bilan birgalikda uch tomonlama forumdan oldin bugun Anqara shahrida samarali uchrashuv o'tkazdik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – O'zbekiston, Ozarbayjon va Turkiya Tashqi ishlar vazirliklari mamlakatlarimiz o'rtasidagi do'stlik, hamkorlik va farovonlik rishtalarini chuqurlashtirishga intilishda hamfikrdir. Bizning umumiy salohiyatimiz juda katta va yelkama-yelka hamkorlikda kelajak avlodlar uchun cheksiz imkoniyatlar ochadi".