O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Ko'rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi bosh kotibi bilan uchrashdi

"Ko'rfaz hamkorlik kengashi bosh kotibi Jasim bin Muhammad Al-Budayviy janoblari bilan bugungi muzokaralarimiz markazida Samarqandda bo'lib o'tadigan "Markaziy Osiyo – Ko'rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi" Sammitini muvaffaqiyatli tashkil etish masalalari bo'ldi, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Muloqotimiz davomida Markaziy Osiyo va Ko'rfaz davlatlarini birlashtirib turuvchi chuqur umumiy jihatlarga egaligimizga urg'u berib, yana-da mustahkam va istiqbolli hamkorlik uchun keng zamin yaratishimiz zarurligini ta'kidladik".