O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Al-Kuvayt shahrida Bahrayn tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

"Bahrayn Podshohligi tashqi ishlar vaziri Abdullatif bin Rashid al-Zayani janoblari bilan samimiy va konstruktiv uchrashuv o'tkazdik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. –O'zbekiston Bahrayn bilan diplomatik, savdo va investitsiya sohalaridagi hamkorlikni chuqurlashtirishga intilmoqda. Oliy va yuqori darajadagi muloqotlarimizni, shu jumladan Samarqandda bo'lib o'tadigan "Markaziy Osiyo - Ko'rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi" Sammiti doirasida davom ettirishni intiqlik bilan kutmoqdamiz".