O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Kuvayt investitsiya agentligi boshqaruvchi direktori bilan iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi

"Kuvayt Investitsiya agentligi boshqaruvchi direktori Shayx Saud Abdulaziz as-Saboh janoblari bilan uchrashishdan mamnunmiz, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram kanalida. – Iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, investitsiyalar uchun yangi imkoniyatlar yaratish bo'yicha samarali muloqot qildik. O'zining jadal islohotlari va investorlarga do'stona muhiti bilan O'zbekiston o'zaro o'sish va farovonlikni ilgari surish uchun Kuvayt Investitsiyalar agentligi bilan yanada mustahkam hamkorlikni qo'llab-quvvatlaydi".