Oʻzbekiston va Xitoy strategik sheriklikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Muzokaralar davomida tomonlar Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi har tomonlama strategik sheriklikni chuqurlashtirish va kengaytirish boʻyicha fikr almashdilar. Xitoy Xalqaro madaniy aloqalar markazining Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlash va turli sohalardagi qoʻshma loyihalarni ilgari surishdagi muhim roli qayd etildi.
Taʼlim, fan, madaniyat va turizm sohalaridagi almashinuvlarni oʻz ichiga olgan gumanitar hamkorlikni rivojlantirish istiqbollariga alohida eʼtibor qaratildi. Shuningdek, yaqin muloqotni davom ettirish va qoʻshma tashabbuslarni muvofiqlashtirish muhimligi taʼkidlandi.
OʻzA