2025-yilda O‘zbekistondan Kuvaytga 50 tonnadan ortiq ho‘l va quruq mevalar eksport qilindi

1991-yilda tashkil etilgan “Star Fruit Co.” kompaniyasi meva va sabzavotlarni Kuvaytdagi restoranlar va besh yulduzli mehmonxonalarga yetkazib berish bilan shug‘ullanadi. Kompaniya mijozlarga mahsulotlarning sifat darajasini saqlagan holda muzlatgichli avtomashinalar orqali yetkazib beradi.
O‘zbekistondan ho‘l mevalar – uzum va qovun Kuvaytga Istanbul orqali olib kelinmoqda.
Umuman olganda, 2025-yil boshidan hozirga qadar O‘zbekistondan 50 tonnadan ortiq ho‘l va quruq mevalar, sublimatsiyalangan mevalar Kuvaytga eksport qilindi.