BUYUK BRITANIYA ELCHISI BILAN MUZOKARALAR TO‘G‘RISIDA
BUYUK BRITANIYA ELCHISI BILAN MUZOKARALAR TO‘G‘RISIDA
2020-yil 4-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sherzod Asadov Buyuk Britaniya Favqulodda va Muxtor Elchisi Timoti Torlot bilan videokonferensaloqa shaklida muzokaralar o‘tkazdi.
Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Suhbatdoshlar O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovning Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri va Xalqaro taraqqiyot vaziri o‘rinbosari Vendi Morton bilan 7-may kuni o‘tkazilgan muzokaralari samarali bo‘lganligini ta’kidladilar. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi muloqotni o‘zaro manfaatli asosda yanada kengaytirish zarurligi qayd etildi.
Suhbat chog‘ida COVID-19 koronavirusining tarqalishi va uning salbiy ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlariga qarshi kurash bo‘yicha amaliy choralar ham muhokama qilindi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston va Buyuk Britaniyaning tibbiyot xodimlari o‘rtasida tajriba almashish maqsadida muntazam ravishda olib borilayotgan o‘zaro hamkorlik ijobiy baholandi.
Muzokaralarda, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy kun tartibi ko‘rib chiqildi, Afg‘oniston muammosiga alohida e’tibor qaratildi.