BMTNING DOIMIY VAKILI VA BMTTD O‘ZBEKISTONDAGI RAHBARI BILAN UCHRASHUV TO‘G‘RISIDA
BMTNING DOIMIY VAKILI VA BMTTD O‘ZBEKISTONDAGI RAHBARI BILAN UCHRASHUV TO‘G‘RISIDA
2020-yil 3-iyun kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz direktori Akmal Saidov va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sherzod Asadov BMTning doimiy muvofiqlashtiruvchisi Helena Freyzer va BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakili Matilda Dimovska bilan videokonferensiya shaklida uchrashdilar.
Uchrashuvda BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari bilan O‘zbekiston hamkorligining holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Shuningdek, joriy yilning iyun-sentabr oylarida “BMTning 75 yilligi: kelajakka qarash” mavzusida qator videokonferensiyalar o‘tkazish hamda 2030-yilgacha barqaror rivojlanish sohasida kun tartibi doirasidagi birgalikdagi sa’y-harakatlarni faollashtirish yuzasidan fikr almashildi.