МАЪЛУМОТЛАР
O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasi tufayli sayyohlar uchun ilgari kiritilgan barcha cheklovlar olib tashlandi
Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 10-iyun, juma kunidan boshlab O‘zbekistonga turizm maqsadida havo, temir yo‘l vokzallari va chegara o‘tkazish punktlari orqali kirishda koronavirus bilan bog‘liq vaqtinchalik cheklovlar bekor qilinadi, deb xabar bermoqda Turizm va Madaniy meros vazirligi.
Shu munosabat bilan xorijlik sayyohlardan koronavirusga qarshi PCR testining salbiy natijasi, koronavirus antijeni uchun ekspress-test hamda emlash sertifikati yoki pasportini taqdim etishni talab qiluvchi qoidalar bekor qilindi.
Komissiya O‘zbekistonda koronavirusning tarqalish dinamikasi, kasalxonaga yotqizilgan va chiqarilgan bemorlar soni, karantinga olingan fuqarolar sonining ijobiy o‘zgarishi, shuningdek, mamlakatdagi epidemiologik vaziyat, JSST va Turizm va madaniy meros vazirligi tavsiyalarini inobatga oldi.