Elchixona haqida
Kuvayt Davlati O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligini 1991-yil 30-dekabrda tan olgan. Davlatlar o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1994-yil iyul oyida o‘rnatilgan.
2001-yilda Kuvayt Davlati Toshkent shahrida o‘z elchixonasini ochdi. O‘zbekiston Respublikasining Kuvayt Davlatidagi elchixonasi 2004-yilning noyabr oyidan boshlab faoliyat olib bormoqda.
Elchixona O’zbekiston Respublikasining Kuvayt Davlati, hamda Iroq Respublikasi bilan ikki tomonlama hamkorlik aloqalariga mas’ul.
Elchixona ko’nsullik okrugiga yuqorida nomlari zikr etilgan davlatlar kiradi.