SHHT Xotin-qizlar forumi boshlandi
SHHT Xotin-qizlar forumi boshlandi
Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi Xotin-qizlar forumi o‘z ishini boshladi.
Forumni O‘zbekiston Senati raisi Tanzila Norboyeva olib bormoqda.
Forumda tashkilotga a’zo 8 ta davlat, xususan, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston to‘g‘ridan-to‘g‘ri, Hindiston va Xitoyning yetakchi xotin-qizlari esa onlayn ishtirok etmoqda.
Forumda ko‘rib chiqiladigan masalalar haqida O‘zA rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali tanishtirib boramiz.