Kubaning yangi elchisi Toshkentga tashrif buyurdi
Kubaning yangi elchisi Toshkentga tashrif buyurdi
TOSHKENT, 24-fevral. "Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Kuba elchisi etib tayinlangan (qarorgohi Boku shahrida) Karlos Valdes de la Konsepsyonni qabul qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
«Kubaning O'zbekistondagi Elchisi etib tayinlangan Karlos Valdes de la Konsepsyon janoblaridan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram kanalida. – O'zaro munosabatlarimizni qator sohalarda yanada rivojlantirish, ayniqsa, tovar va xizmatlar eksportini rag'batlantirish masalalarini muhokama qildik. Janob Elchiga mamlakatimizdagi o'z faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz».
Karlos Valdes de la Konsepsyon 2019-yildan 2024-yilgacha Kubaning O'zbekistondagi elchisi sifatida akkreditatsiyadan o'tgan Alfredo Nyeves Portuondo o'rnini egalladi.