Toshkent shahrida O‘zbekiston va Quvayt o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan biznes-forum bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 16-oktabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston va Quvayt o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan biznes-forum bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Oʻzbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri oʻrinbosari Akram Aliyev Quvayt kompaniyalari bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik muhimligini taʼkidlab, sogʻliqni saqlash, qishloq xoʻjaligi va turizm sohalarida muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan loyihalarni qayd etdi.
Qutlov so‘zi va taqdimotlar davomida mamlakatlarimiz o‘rtasida tog‘-kon sanoati, energetika, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va logistika kabi muhim tarmoqlarda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Mamlakatda yaratilgan investitsiyaviy imkoniyatlardan foydalanish, jumladan, Markaziy Osiyoni global savdo markaziga aylantirish maqsadida 1000 dan ortiq davlat kompaniyalarini xususiylashtirish va logistika infratuzilmasini yaxshilash dasturida Quvayt tadbirkorlarining ishtiroki boʻyicha tashabbuslar koʻtarildi.