O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Turkmanistonga jo‘nab ketdi

Avazada bo‘lib o‘tadigan konferensiyada transport jihatidan o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash va savdo tartib-taomillarini soddalashtirish, iqtisodiy transformatsiya, iqlim o‘zgarishiga va atrof-muhit uchun xatarlarga bardoshlilikni oshirish, Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Avaza siyosiy deklaratsiyasi va harakatlar dasturining qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, Prezidentimiz Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etadi va qator ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi.